mentalaba.uz

Ta’lim sohasida yuqori texnologiyali Start-up

“Biz asoslarni o‘rgatmaymiz, Biz chuqur bilimlarni taklif qilamiz!”

Ali Abdulloh, Loiha Asoschisi

Bizning vazifamiz

Masofaviy ta’lim olish jarayonini ommalashtirish, abiturentlar va o‘qituvchilar o’rtasidagi munosabatlarni mazmunli hamda samarali qilish.

Ta’lim sohasida innovatsion va hamyonbop xizmat turlarini taklif etish hamda O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishdan iborat.

Bizning maqsadimiz

Bizning maqsadimiz – Hayotni o‘zgartirish!

Talant universaldir, lekin imkoniyatlar yo‘q. Online ta’lim resurslari va o‘qitish vositalaridan foydalangan holda, har kim, har qanday joyda, o‘z mahoratini oshirishi va o‘z hayotini mazmunli tarzda o‘zgartirishi mumkin.

O‘qituvchilarimiz

Mentalaba.uz o‘qituvchilari o‘z bilimlarini baham ko‘rish va abiturentlarga yordam berishga doimo tayyor.

Ular eng zarur video darslarni yetkazib berish uchun o‘z sohalarida faol ishtirok etadigan mutaxassislardir.

Abiturent va o‘quvchilarimiz

Yuqori sifatli video kurslar orqali tez va qulay bilim olishlari mumkin.

Ularga har bir fandan o‘qituvchilarimiz shaxsiy kabinetlari orqali virtual yordam berishga tayyor.

Ular fanlar kesimida 1200 dan ziyod test banki orqali egallagan nazariy bilimlarini amaliy sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Bizning Jamoa

Biz ta'lim sifatini oshirish uchun mutahasislarga ishonch bildiramiz