Loyiha haqida

• mentalaba.uz – abiturientlar, maktab, kollej va litsey o`quvchilari hamda o`qituvchilari uchun uchun mo`ljallangan onlayn ta`lim portali.
• mentalaba.uz onlayn ta`lim portali aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar bo`yicha 2 000 soatdan ortiq o`zbek tilidagi videodarslarni o`z ichiga oladi.
• Videodarslar bazasi muttasil yangilanib va to`ldirilib boriladi.Videodarslarni tayyorlash uchun O`zbekiston eng yaxshi repetitorlari jalb etiladi.

Loyihaning vazifasi:

onlayn ta’lim olish jarayonini ommalashtirish, ta`limning innovatsion va interaktiv usullarini taklif qilish orqali foydalanuvchilarning komyuter savodxonligini oshirish.
Biz asoslarni o‘rgatmaymiz, Biz chuqur bilimlarni taklif qilamiz!
Loyihaning maqsadi: nafaqat markaziy shaharlar, balki chekka xududlarda istiqomat qiluvchi foydalanuvhcilarga ham eng yaxshi o`qituvchilardan dars olish imkoniyatini yaratish. Shuningdek, o`zbek tilidagi videodarslarni yaratish orqali .uz domeni rivojiga hissa qo`shishdir.

Loyihaning shiori: mentalaba.uz – green card to university.

 

Kirish so’zi

“Mentalaba”ga xush kelibsiz !

Men “Mentalaba” loyihasi asoschilaridan biri – Mr. Hong bo‘laman.

Men Janubiy Koreyaning qishloq joyida tug‘ilib o‘sganman.  O‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lganimda, mening tug‘ilgan shahrimda na onlayn o‘quv sayti, na oflayn o‘quv markazi bor edi.

Shunday qilib, menda maktabdan tashqari o‘qish uchun hech qanday tanlov yo‘q bo‘lgan. Muammo shundaki, qishloq joylardagi o‘qituvchilarning o‘qitish darajasi shahardagilarga qaraganda ancha past edi. Bu degani, qishloq o‘quvchilari uchun shahardagi yuqori sifatli o‘qituvchilari bo‘lgan maktablarda va o‘qituvchilari chindan ham mohir bo‘lgan oflayn o‘quv markazlarida tahsil oladigan shahar o‘quvchilari bilan raqobatlashish qiyin edi.

2000-yilda universitet imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak bo‘lgan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun onlayn o‘quv sayti ochildi. Bu Koreyadagi ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirdi. Ushbu onlayn o‘quv sayti yuqori sifatli va mahoratli o‘qituvchilar tomonidan oflayn kurslarga nisbatan ancha arzon narxlarda o‘qiladigan onlayn kurslarning keng tanlovini taqdim etdi. Ushbu onlayn sayt tufayli qishloq joylarida va kam ta’minlangan oilalardagi o‘quvchilar yuqori sifatli ma’ruzalarni tinglashlari mumkin edi, oldin bunday ta’limdan faqat shahardagi o‘quvchilar va ko‘p daromadli oilalar bahramand bo‘lishlari mumkin edi. Bu viloyatlar va oilalar daromad darajasi o‘rtasidagi farqni kamaytirish orqali ta’limni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Men 5 yildan ko‘proq vaqt davomida O‘zbekistonda yashadim va onlayn ta’lim xizmatini joriy etish orqali O‘zbekistonda ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni xohladim.

Endilikda biz ta’lim hayotimizni, mamlakatimizni va dunyomizni o‘zgartira oladigan eng muhim narsalardan biri ekanligiga qat’iy ishonch bilan O‘zbekistonda onlayn ta’lim saytini yo‘lga qo‘ydik.

Umid qilamanki, barchangiz mentalaba bilan orzularingizni ro‘yobga chiqarasiz.

 

Nima uchun “mentalaba”?

Mentalabadan foydalanishning afzalliklari nimada?

  1. Siz yuqori sifatli va mohir o‘qituvchilar tomonidan o‘rgatiladigan ko‘plab kurslardan oflayn o‘qish bilan taqqoslaganda ancha arzon narxlarda bahramand bo‘lishingiz mumkin;
  2. Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan jadval bo‘yicha xohlagan vaqtingizda, faqat Internetga kirish imkoni bilan xohlagan joydan turib o‘qishingiz mumkin;
  3. Oflayn kurslarga borish uchun ketadigan transport vaqti va transport xarajatlarini tejashingiz mumkin;
  4. Siz o‘qitish uslubi va o‘z darajangizdan kelib chiqib har qanday kursni tanlashingiz mumkin;
  5. Belgilangan muddat ichida kurslarni qayta-qayta tomosha qilishingiz mumkin;
  6. Sizga faqat TAS-IX trafigi yetarli bo‘ladi;
  7. Siz, ayniqsa pandemiya holatida, yuzma-yuz o‘rganish xavfidan saqlanishingiz mumkin.