1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Talaba pedagoglar malaka oshirishga jalb qilinmaydi

23.01.2025
Article image

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan maktabgacha va maktab ta'limi xodimlarning har 5 yilda belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy hamda pedagog va mutaxassis xodimlar uchun malaka oshirish kursining davomiyligi kamida 100 soat, rahbar xodimlar uchun kamida 144 soat etib belgilangan.


❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 03-33-3453-son xati 2-ilovasi 11-bandida ish faoliyatini oliy ta’lim muassasasida o‘qish bilan birga olib borayotgan pedagoglar malaka oshirishga jalb qilinmasligi belgilab berilgan.



openEye

220

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar