ko'p so'raladigan savollar

Barcha savollaringizga javoblar

Mentalaba – bu o’rganish uchun o’quv sayti! Mentalaba so’zi o’zbek tilidan tarjimada Men Talaba ekanligimni anglatadi. Ushbu nom sayt yaratuvchilari tomonidan yaxshi niyat bilan va har bir o’quvchimiz talaba bo’lib, o’z maqsadlariga erishishni maqsad qilgan holda tanlangan.

Mentalaba sayti O’zbekiston Oliy ta’lim o’quv yurtlarining kirish imtihonlarida tushadigan barcha fan va mavzular bo’yicha videodarslarni o’z ichiga oladi.

Mentalaba sayti yoshlarimizning bilim olishlarida, abituriyentlarga aniq ma’lumotlarni topishda, kirish imtihonlariga tayyorlanishda, hamda mamlakatimizning barcha uzoq va yaqin nuqtalariga teng va sifatli bilimlarni yetkazishda o’z hissasini qo’shish maqsadida yaratilgan.

Mentalaba saytiga kompyuter, noutbuk, smartfon va Internet tarmog’idan foydalana oladigan barcha zamonaviy qurilmalardan kirish mumkin. Buning uchun Siz brauzerning qidiruv bo’limida www.mentalaba.uz sayt manzilini kiritib, qidiruv tugmachasni bosishingiz kerak.

Mentalaba sayti O’zbekiston Oliy ta’lim o’quv yurtlarining kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun yaratilgan. Bundan tashqari saytdagi ma’lumotlardan maktab o’quvchilari, o’qituvchilar hamda ota onalar ham unumli foydalanishlari mumkin.

Mentalaba saytida biz eng yaxshi o’qituvchi, professor va o’z ishining ustalarini yig’ishga harakat qildik. Videodarslarni xohlagan vaqtda ko’rishingiz mumkin bo’lganligi bilan mentalaba Sizga qulaylik yaratadi. Bundan tashqari Siz bilim olish taraqqiyotini o’zingiz kuzatib borishingiz, hamda qiziqarli videodarslarni takroran ko’rishingiz mumkin.

Har bir oliy ta’lim muassassasining o’z yo’nalishi mavjud bo’lib, har bir yo’nalishda tegishli fanlardan savollar tuziladi. Mentalaba saytida yo’nalish va oliy ta’lim muassassalaridan qat’iy nazar xohlagan fandan videodarslarni topishingiz mumkin.

Sizning savolingizga javob topmadingizmi?

Texnik yordamimizga murojaat qiling: