“Mentalaba”ga xush kelibsiz !

Men “Mentalaba” loyihasi asoschilaridan biri – Mr. Hong bo‘laman.

Men Janubiy Koreyaning qishloq joyida tug‘ilib o‘sganman.  O‘rta maktab o‘quvchisi bo‘lganimda, mening tug‘ilgan shahrimda na onlayn o‘quv sayti, na oflayn o‘quv markazi bor edi.

Shunday qilib, menda maktabdan tashqari o‘qish uchun hech qanday tanlov yo‘q bo‘lgan. Muammo shundaki, qishloq joylardagi o‘qituvchilarning o‘qitish darajasi shahardagilarga qaraganda ancha past edi. Bu degani, qishloq o‘quvchilari uchun shahardagi yuqori sifatli o‘qituvchilari bo‘lgan maktablarda va o‘qituvchilari chindan ham mohir bo‘lgan oflayn o‘quv markazlarida tahsil oladigan shahar o‘quvchilari bilan raqobatlashish qiyin edi.

2000-yilda universitet imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak bo‘lgan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun onlayn o‘quv sayti ochildi. Bu Koreyadagi ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirdi. Ushbu onlayn o‘quv sayti yuqori sifatli va mahoratli o‘qituvchilar tomonidan oflayn kurslarga nisbatan ancha arzon narxlarda o‘qiladigan onlayn kurslarning keng tanlovini taqdim etdi. Ushbu onlayn sayt tufayli qishloq joylarida va kam ta’minlangan oilalardagi o‘quvchilar yuqori sifatli ma’ruzalarni tinglashlari mumkin edi, oldin bunday ta’limdan faqat shahardagi o‘quvchilar va ko‘p daromadli oilalar bahramand bo‘lishlari mumkin edi. Bu viloyatlar va oilalar daromad darajasi o‘rtasidagi farqni kamaytirish orqali ta’limni rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Men 5 yildan ko‘proq vaqt davomida O‘zbekistonda yashadim va onlayn ta’lim xizmatini joriy etish orqali O‘zbekistonda ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni xohladim.

Endilikda biz ta’lim hayotimizni, mamlakatimizni va dunyomizni o‘zgartira oladigan eng muhim narsalardan biri ekanligiga qat’iy ishonch bilan O‘zbekistonda onlayn ta’lim saytini yo‘lga qo‘ydik.

Umid qilamanki, barchangiz mentalaba bilan orzularingizni ro‘yobga chiqarasiz.