
Xalqaro TMC instituti
Xalqaro universitet
Toshkent shahri
4.9
(19 Izohlar)
Qabul muddati
20 May 2025 - 30 Sentabr 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
1. TMC Xalqaro Instituti haqida
TMC Xalqaro Instituti – bu zamonaviy xalqaro ta’lim markazi bo‘lib, 2021-yil 6-aprel kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan. Institutning asoschisi va 100% aksiyadori – Singapurning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Advanced Investment Holding” hisoblanadi.
Institut qisqa vaqt ichida jadal rivojlanib, 2022-yil 22-oktyabrda o‘zining ikkinchi asosiy kampusini, 2023-yil 11-sentyabrda esa uchinchi zamonaviy kampusini Toshkent shahrida ochishga muvaffaq bo‘ldi.
TMC Xalqaro Instituti – bu Singapurning 40 yillik tarixga ega TMC Academy tizimining bir qismi bo‘lib, bugungi kunda institut o‘z faoliyatini 5 ta davlatda muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Institut ta’lim sifati bo‘yicha xalqaro tan olingan ISO 9001, EduTrust va boshqa sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda:
- Institutda 10 054 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda
- 5 ta xalqaro ta’lim dasturi, 11 ta milliy ta’lim dasturi va 2ta magistratura ta’lim dasturlarida ta’lim berilmoqda
- Xalqaro dasturlar 100% ingliz tilida olib boriladi va bitiruvchilarga Cardiff Metropolitan University (Buyuk Britaniya) diplomi beriladi
- Talabalar uchun Singapurda 100% moliyalashtiriladigan yozgi maktablar, pullik amaliyotlar va student mobility dasturlari mavjud
- O‘qishni Buyuk Britaniya, Singapur, Shveytsariya, Xitoy va Vyetnamda davom ettirish imkoniyati yaratilgan
- TMC talabalari haqiqiy global universitet muhitini his etishadi
2. Xalqaro dasturlar
TMC Xalqaro Institutida taklif etilayotgan xalqaro ta’lim dasturlari Buyuk Britaniyaning nufuzli Cardiff Metropolitan University hamda boshqa hamkor universitetlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu yo‘nalishlarda tahsil olgan talabalar o‘z o‘qishlarini to‘liq ingliz tilida olib boradilar va o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Britaniya universiteti diplomiga ega bo‘ladilar.
Xalqaro yo‘nalishlarga kirish uchun talablar:
- Ingliz tili darajasi: IELTS 5.5 yoki TMC Institutining ichki ingliz tili imtihoni (Reading, Writing, Speaking; minimal o‘tish balli – 40%)
- Hujjatlar: Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomi
- Yosh chegarasi: 16 yosh va undan katta
3. Milliy yo‘nalishlarga kirish uchun talablar:
- DTM sertifikati yoki TMC Institutining ichki test imtihoni
- Hujjatlar: Maktab attestati yoki kollej/litsey diplomi
- Ta’lim tili: O‘zbek va rus tillarida
- Shakllari: Kunduzgi va masofaviy
Qabul kvotasi 2025–2026 o‘quv yili uchun:
- Xalqaro dasturlar: 500 o‘rin
Milliy dasturlar: 2000 o‘rin
O‘qish vaqtida ishga joylashish imkoniyatlari
TMC Institute’da faoliyat yurituvchi Karyera markazi talabalarni o‘qish davridayoq ish topishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Ayni paytda 10 dan ortiq iqtidorli va malakali talabalar institut tomonidan rasman ishga qabul qilingan va TMCning o‘zida faoliyat olib bormoqda.
Amaliyot va Xalqaro Tajriba
TMC Institute o‘z talabalariga xalqaro amaliyot imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Jumladan:
- Singapurda 6 oylik stajirovka
- Swiss Hotel Management School (Shveytsariya) amaliyot dasturi
- Work and Travel dasturlari orqali xorijiy tajriba orttirish imkoniyati
Bitiruvdan so‘ng talabalar Karyera markazi tomonidan ishga joylashtiriladi va ularning kasbiy rivojlanishi doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanadi.
Grantlar
Xalqaro Dasturlar Uchun Grantlar
- Har yili 10 tagacha to‘liq grant ajratiladi
- Grantlar 1 yil uchun beriladi va yillik ko‘rsatkichlarga ko‘ra yangilanadi
- Avtomatik grantlar (imtixon talab etilmaydi) quyidagi ko‘rsatkichlarga ega nomzodlarga:
- IELTS 7.5 + SAT 1300
- IELTS 7.0 + SAT 1400
- IELTS 8.0 (SAT talab qilinmaydi)
Tanlov Bosqichlari:
- Profil baholash (IELTS, akademik ko‘rsatkichlar)
- Yozma baholash (insho, tanqidiy fikrlash)
- Suhbat (yetakchilik, ijtimoiy mas’uliyat, kommunikatsiya)
Mahalliy Dasturlar Uchun Grantlar
- Har bir yo’nalish kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
- 3 ta to‘liq grant (80%+ ball)
- 5 ta 20% chegirma (70–79%)
- 7 ta 10% chegirma (60–69%)
- Imtihon 3 fandan iborat bo‘lib, maksimal ball – 189
IELTS 5.5 (yoki ekvivalent) bo‘lganlar ingliz tili bo‘limidan ozod etiladi
Grantni saqlab qolish talablari
Grantlar bir o’quv yiliga beriladi va saqlab qolish uchun quyidagi talablarni bajarish lozim:
- GPA: kamida 80%
- Har bir fandan baho: 70% dan yuqori
- Darslarga qatnashish: kamida 80%
- Institut tadbirlarida faol ishtirok
- Xulq-atvor va akademik halollikka rioya qilish
Agar GPA 75–79% bo‘lsa, asosli sabab bilan 1 martalik ogohlantirish berilishi mumkin.
Agar GPA yoki fan baholari mezonga javob bermasa — grant bekor qilinadi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas