- Ta'lim tili
Ingliz tili
- Talablar
Ingliz tili : B1 , Matematika : imtihon
- Stipendiya
Mavjud emas
- Kunduzgi ta'lim
Mavjud emas
- Sirtqi ta'lim
Mavjud emas
- Kechki ta'lim
Mavjud emas
- Masofaviy ta'lim
15 000 000UZS

IT Park University
Umumiy OTM haqida
- Umumiy talabalar soni
- 500 ta talabalar
- Umumiy yo'nalishlar
- 1 ta yo'nalishlar
- Mavjud emas
- Talabalar yotoqxonasi
ITPU’da qabul 2023-2024
IT Park University ( ITPU )da 2023-2024 yillar uchun qabul davom etmoqda! ITPU’ning rasmiy web sahifasi yoki mentalaba.uz sayti orqali ITPU’ga hujjat topshirishingiz mumkin.
ITPU haqida
IT Park University – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi IT Park va xalqaro EPAM IT kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. IT Park University gibrid formatdagi (asosan onlayn) taʼlimni taklif qiladigan, Toshkent shahrida joylashgan kampusi va 12 ta shahardagi ofislari bilan, butun mamlakat boʻylab axborot texnologiyalari sohasida taʼlim olish imkoniyatini beruvchi O'zbekistondagi birinchi universitetdir. Bizning universitetimiz mehnat bozorida talab qilinadigan eng yangi ish amaliyotlari va texnologiyalar haqida talabalarga bilim berishga eʼtibor qaratgan. Talabalarimiz o'zlariga qulay vaqtda va mamlakatning istalgan nuqtasidan ta'lim olishlari uchun biz o'qitishning innovatsion usullarini, shu jumladan, online ta'lim shaklini taqdim etamiz. Bizning vazifamiz, talabalarimiz Oʻzbekiston Respublikasi va undan tashqarida ham IT-sanoat rivojiga hissa qo'shishlari va muvaffaqiyatli mutaxassislar bo'lib yetishishlari uchun ularga axborot texnologiyalari sohasida mukammal ta'lim berishdir. IT Park University’da faoliyat yuritayotgan 25 nafar ilmiy xodimlarning 5 nafari falsafa fanlari doktori va yana 2 nafari fan doktori unvoniga ega. Universitetda 11 nafar chet ellik professorlar ish yuritishadi.
Bakalavr uchun kirish talablari
ITPU’da kirish imtihoni ikki qismdan iborat – ingliz tili va matematika.
Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat - IELTS 5.0 yoki undan yuqori bo'lishi kerak. Agar sizda ushbu hujjat mavjud bo'lsa, siz ingliz tili imtihonidan ozod etilasiz, agar mavjud bo'lmasa ingliz tili bo’yicha imtihonga kirishingiz kerak bo'ladi.
ITPU’ning ingliz tili va matematika fanlari bo'yicha imtihonga kirish narxi 200 000 (ikki yuz ming) so’m
ITPU’ning ingliz tili va matematika fanlaridan imtihon savollari namunalari link.
Yevropada amaliyot
ITPU talabalarining eng kuchlilari Yevropadagi mashhur IT korxonalaridan birida amaliyot o'tash imkoniyatini qo'lga kiritishadi.
OTM sertifikatlari va litsenziyalari:
Ko'rish va yuklab olishOTM joylashuvi:
Xaritadan ko'rishOTM manzili:
Online