- Umumiy talabalar soni
- 16000 ta talabalar
- Umumiy yo'nalishlar
- 51 ta yo'nalishlar
Talabalar yotoqxonasi
- Mavjud
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti haqida:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Uzbekiston Respublikasining poytaxti Toshkent shahrida joylashgan. Universitet 20 fevral 1933-yilda Toshkent Davlat Unversitetining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Universitetning asosiy vazifalari O'zbekistonning sharqshunoslik sohasida o'quv-tadqiqot, ilmiy tadqiqot va tajribalar olishni oshirish, mamlakatning madaniy va iqtisodiy rivojini qo'llab-quvvatlashga xizmat qilishdir. Bugungi kunda universitet, zamonaviy ta'lim tizimini amalga oshirishga va katta tadqiqotlar olib borishga harakat qilmoqda.
Bakalavriat:
KAMIDA BIR SHARQ VA BIR G‘ARB TILI MUKAMMAL O‘RGATILADI
va bu sizning mehnat bozoridagi boshlang‘ich ustunligingizni ta’minlaydi.
O‘QITILADIGAN TILLAR:
Sharq tillari: arab, fors, dariy, pushtu, hindiy, urdu, turk, uyg‘ur, xitoy, yapon, koreys, indonez, malay, vetnam.
Roman-german tillari: ingliz, nemis, fransuz.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitet (TDSHU) kontrakt narxlari!
Xalqaro hamkorlik:
Bugungi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) 100 ga yaqin xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, Vyetnam, Malayziya, Indoneziya, Misr, Turkiya, Eron, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Frantsiya, MDH mamlakatlarining bir qator nufuzli universitet va tashkilotlari.
TDSHU yotoqxonasi:
Universitetning talabalar turar joyida jami 290 ta talaba-yoshlar yashab kelmoqda. Shundan qiz talabalar 140 nafar va o’g’il bola talabalar 150 nafarni tashkil qiladi. TTJ da talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun sport zali, kutubxona doim faoliyat yuritadi.
Adres: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, Ziyolilar 33.
Tel.: 71 2623114
OTM manzili:
100060, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 20