- Umumiy talabalar soni
- 4048 ta talabalar
- Umumiy yo'nalishlar
- 17 ta yo'nalishlar
Talabalar yotoqxonasi
- Mavjud
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) haqida:
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo'yicha O'zbekistonda tayanch oliy o'quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi.
Oliygoh tarixi, davlatimizda milliy huquqshunoslik maktabining rivojlanishi va Xadicha Sulaymonova, Hojiakbar Rahmonqulov, Boris Blinder, Georgiy Sarkisyans, Anvar Agzamxodjayev, Shavkat Urazayev, Shoakbar Shoahmedov, G'afur Abdumajidov, Ikrom Zokirov kabi ko'zga ko'ringan yetuk huquqshunos-olimlar hamda milliy huquqshunosligimizga katta hissa qo'shgan boshqa ko'plab huquqshunoslar nomlari bilan chambarchas bog'liqd
TDYU yotoqxonasi:
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshida 3 ta talabalar yotoqxonasi faoliyat ko'rsatmoqda.
1-talabalar yotoqxonasi Olmazor tumani, talabalar ko'chasi, 192-uyda joylashgan. Bino 1960 yilda qurilgan, 4 qavatdan iborat, sig'imi 292 kishi, umumiy xonalar soni 148, yashash xonalari soni 115.
Hozirda 292 talaba istiqomat qiladi. Ulardan 199 tasi qizlar.
2-talabalar yotoqxonasi Olmazor tumani, talabalar ko'chasi, 192-uyda joylashgan. Bino 1960 yilda qurilgan, 4 qavatdan iborat, sig'imi 297 kishi, umumiy xonalar soni 144, yashash xonalari soni 115.
Hozirda 297 talaba istiqomat qiladi. Ulardan 54 tasi qizlar.
3-talabalar yotoqxonasi binosi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 12-kvartal, 67a-uyda joylashgan. bino 2021-yil dekabr oyidan boshlab universitet talabalari uchun foydalanishga topshirilgan bo'lib, 4 qavatdan iborat bo'lib, sig'imi 548 kishi, xonalarning umumiy soni 178, yashash xonalari soni 137.
Hozirda 529 talaba istiqomat qiladi. Ulardan 58 tasi qizlar.
OTM manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy