- Ta'lim tili
Ingliz tili
- Talablar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish
- Stipendiya
Mavjud
- Kunduzgi ta'lim
32 993 400UZS
- Sirtqi ta'lim
Mavjud emas
- Kechki ta'lim
Mavjud emas
- Masofaviy ta'lim
Mavjud emas

Westminster International University in Tashkent
Umumiy OTM haqida
- Umumiy talabalar soni
- 5082 ta talabalar
- Umumiy yo'nalishlar
- 9 ta yo'nalishlar
- Mavjud
- Talabalar yotoqxonasi
WIUTda qabul 2023-2024
Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti (WIUT)da 2023-2024 yillar uchun qabul davom etmoqda! Grantlari soni 30ta. WIUTning web sahifasi yoki mentalaba.uz saytidan WIUTga hujjat topshirishingiz mumkin.
Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti haqida
Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti 2002-yil yanvar oyida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil topgan ilk Xalqaro universitet hisoblanadi. Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti o’zida G’arb uslubidagi Buyuk Britaniya ta’lim sifatini mujassam etadi. Universitet bitiruvchilarining diplomlari Londondagi Westminster universiteti tomonidan taqdim etiladi. Universitetda ta’lim va ijtimoiy soha uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Universitet kutubxonasida 42 mingdan ortiq kitoblar bor, hamda jahondagi mashhur onlayn ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyati mavjud. Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti 5 ta bakalavr kurslari va 9 ta magistr kurslarini taklif etadi. Universitetda faoliyat yuritayotgan 132 nafar ilmiy xodimlarning 43 nafarida falsafa fanlari doktori unvoniga ega. Universitetda 23 nafar chet ellik professorlar ish yuritadi.
Bakalavr ta'lim uslubi
WIUTda bakalavr International Foundation Studies (CIFS)dan boshlanadi va bu universitetning 1-kursi sifatida tan olinadi. CIFS barcha birinchi kurs talabalari uchun bir xil hisoblanadi. CIFSni muvaffaqiyatli yakunlagandan so'ng talaba o'zlari qiziqgan yo'nalishlarni tanlashlari lozim bo'ladi va shu yo'nalish bo'yicha yana 3 yil ta'lim olishlari lozim bo'ladi. WIUTning bakalavr diplomi O'zbekistonda va va boshqa davlatlarda birday tan olinadi.
Bakalavr uchun kirish talablari
WIUTga shartnoma asosida kirish uchun 2ta asosiy ta'lablari mavjud
- Ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat: IELTS 6.0 da yuqori bo'lishi
- WIUTga kirish uchun ichki matematikadan imtihon, minimal o'tish bali 40 ball hisoblanadi yoki IGCSE Mathematics, SAT yoki BAQS natijalari bo'lsa, imthondan ozod etilishlari mumkin
WIUTning matematika bo'yicha imtihonga kirish narxi 200 000 (ikki yuz ming so'm) va chet el fuqorolari uchun 250 000 (ikki yuz ellik ming so'm).
WIUTning matematikadan bo'lib o'tadigan imtihon sanalarini ko'rish uchun link.
WIUTning matematikadan imtihon savollarida na'munalari link.
Magistratura
WIUTda magistratura ham chet-el tajribasiga ega mutaxasislar tomonidan darslar olib boriladi, va barcha darslar soat 18:30 - 21:30gacha bo'lib o'tadi.
Magistraturaga kirish talablari
- Oliy ta'lim muassasini bakalavr darajasini muvaffaqiyatli yakunlaganligi
- Ingliz tili daraja IELTS 6.0 dan yuqori bo'lishi yoki oldingi ta'lim ingliz tilida bo'lishi lozim.
- Kamida 12 oy to'liq ish tajribasiga ega bo'lishlari kerak bo'ladi
Work and Travel
WIUT talabalar yoz faslida (ta'tilda) Amerika Qo'shma Shtatlariga sayohat va ishlash maqsadida borishlari mumkin bo'ladi.
Talabalar yotoqxonasi
2ta yotoqxona mavjud, 1 va 2-kurslar uchun imtiyozlar beriladi.
Grantlar
2023 - yilgi qabul uchun 30ta grant joylari ajratilgan
OTM sertifikatlari va litsenziyalari:
Ko'rish va yuklab olishOTM joylashuvi:
Xaritadan ko'rishOTM manzili:
12 Istiqbol street, Tashkent