Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati)

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Qo'shma ta'limlari)

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini „filosof“ deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa „filosof“ deb atalgan. Keyinchalik „filosof“ soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha „philosophia“ soʻzi arabchaga „falsafa“ boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni „hikma“ deb atashi, ruschaga „filosofiya“ tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.


Imtihon bloki: Tarix, ona tili va adabiyot

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
Sirtqi
12 627 170 so'm / yillik
;