Folklorshunoslik va shevashunoslik

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Folklorshunoslik - xalq ijodi haqidagi fan. Folklorshunoslik turli davrlarda va turli mamlakatlarda etnografiya, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, antropologiya va sotsiologiyaning bir qismi sifatida qaralib kelgan. Keyinchalik xalq sanʼatini (xalq ogʻzaki ijodi, musiqa folklori, raqsi, teatri, sirki kabi) oʻrganuvchi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlanadi. Filologiya va sanʼatshunoslik fanlari bilan uzviy bogʻliqdir. Folklorshunoslikning asoslari qad. dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Kad. dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urfodat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor toʻgʻrisidagi dastlabki fikrlari Folklorshunoslik uchun muhimdir.

Sheva — tilning fonetikgrammatik va lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli lisoniy tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi. Sheva — bu boshqa Sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi va lugʻaviy belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi. Mas, qipchoq lahjasining mangʻit yoki saroy shevasi, qarluq lahjasiga mansub margʻilon shevasi va boshqalar oʻzbek tilining eng kichik hududiy koʻrinishlari hisoblanadi.

 

Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
;