Inson resurslarini boshqarish
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Xorazm viloyati
Yo'nalish haqida
Inson resurslarini boshqarish (Human Resources Management - HRM, yoki oddiygina HR) tashkilotning shu yerda ishlaydigan odamlarni yollash, boshqarish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ichki siyosati yoki ichki kompleks funksiyasi hisoblanib, inson faoliyatiga ta'sir qiluvchi barcha jarayonlar va dasturlar HR ning bir qismidir. Inson resurslarini boshqarish yo’nalishining asosiy strategik funksiyalari korxona va biznes strategiyasini muvozanatlash; tashkilot jarayonlarining reinjiniringi; tashkilot xodimlari bilan o'zaro axborot aloqasi, o'zgarishlarni boshqarishini o’rgatish. HR menejeri tashkiliy yetakchilik va boshqaruv madaniyati monitoringi uchun javobgar hisoblanadi. HR makonda farq qilishi mumkin bo'lgan bandlik va mehnat qonunlariga rioya qilishni ta'minlaydi. Inson resurslari bu - tashkilotda ishlaydigan malakali mutaxassislardir. Inson resurslarini boshqarish aslida xodimlarni boshqarish bo'lib, korxonaning aktivlari bo'lgan ishchilarga e'tibor beradi. Shu munosabat bilan bunday xodimlar ba'zan inson kapitali deb ataladi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, umumiy va xususiy inson salohiyatini shakllantirish mexanizmlari yetarli darajada ishlab chiqilsa, inson kapitali va resurslari darajasi o'ssa, tashkilotning raqobatbardoshligi ortadi.
Imtixon bloki: Matematika, Ingliz tili
Ta'lim tili: O'zbek tili
Kunduzgi ta’lim shakli: 6 412 610 so‘m.
Sirtqi ta'lim shakli: 7 472 630 so'm
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 6 412 610 so'm / yillik
- Sirtqi
- 7 472 630 so'm / yillik