Moliya

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 30 Avgust 2024

Toshkent viloyati

Yo'nalish haqida

Yoʼnalish maqsadi

Dasturning asosiy maqsadi - kasbiy tayyorgarlik va turli xil fanlarni oʼrganish jarayonida olingan nazariy bilimlarni doimiy ravishda rivojlantirish va ulardan davlat, korporativ va shaxsiy moliya sohasida amaliy foydalanishdir.

Shu bilan bir qatorda, quyidagilar ham yoʼnalish maqsadi hisobladi.

  • talabalarni moliya va moliyaviy munosabatlarning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari bilan tanishtirish;
  • yuqori malakali moliyachilarni tayyorlash, talabalarning davlatning amaldagi moliyaviy siyosatining asosiy yoʼnalishlari boʼyicha koʼnikma va malakalarini rivojlantirish;
  • iqtisodiyotdagi dolzarb moliyaviy muammolarni optimal yechimini topish maqsadida talabalarning tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
  • talabalarning hozirgi faoliyatida olgan bilimlarini amaliyotda qoʼllash koʼnikmalarini rivojlantirish;
  • Uzluksiz oʼqish va shaxsiy rivojlanish yehtiyojini rivojlantirish;

Taʼlim

"Moliya" fanining oʼquv dasturi moliya, matematika va biznes fanlari oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlikda taqdim etilgan. Talabalar klassik, zamonaviy iqtisodiy tamoyillar va nazariyalar bilan tanishadilar. Dastur doirasida ular davlat va korporativ moliyani oʼrganadilar. Bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagandan soʼng, bitiruvchilar korxonalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish va ilmiy loyihalar ustida ishlash koʼnikmalariga ega boʼladilar.

Taʼlimdagi fanlar ulushi

Matematika asoslari - 18%

Moliyaga oid fanlar - 52%

Iqtisodiy fanlar - 20%

Xorijiy til va umumiy fanlar - 5%

Amaliyot va bitiruv malakaviy ishi - 5%

Ishga joylashish imkoniyatlari

Investitsion banklar 

Korporativ moliya

Risklarni boshqarish

Moliyaviy rejalashtirish va tahlil (FP&A)

Aktivlar boshqaruvi

Sugʻurta

Koʻchmas mulk

Buxgalteriya hisobi

Savdo va sanoat sohalari

Moliyaviy maslahat xizmatlari

Shuningdek, davlat tashkilotlari, notijorat tashkilotlarning moliyaviy boshqaruvida ham faoliyat olib boradilar.


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
26 000 000 so'm / yillik
Sirtqi
18 000 000 so'm / yillik
Kechki
24 000 000 so'm / yillik
;