Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Samarqand viloyati
Yo'nalish haqida
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Ushbu yo’nalish sizga moliyaviy mutaxassis sifatida kerak bo’ladigan asosiy bilimlarni beradi.Moliya va iqtisodiyot sohasidagi ko'pgina ish joylarida moliyaviy bilim bu sizning yuqori haq to’lanadigan ish o’rniga nomzod sifatida ko'rib chiqilishingiz uchun zarur bo'lgan minimal ko'rsatkichdir. Moliya bo'yicha asosiy bilimlardan tashqari, siz kelajakdagi ish beruvchilar talablariga to'liq javob beradigan yetakchilik, menejment va muloqot qobiliyatlarini ham egallaysiz. Moliya va moliyaviy texnologiyalar “Biznes, boshqaruv va huquq” bilim sohasining “Biznes va boshqaruv” taʼlim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u davlat moliyasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi, uy xo‘jaligi moliyasi, davlat byudjeti, byudjetdan moliyalashtirish, moliya bozoridagi operatsiyalarni yuritish, moliyaviy risklarni boshqarish, aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, xolding kompaniyalar moliyasi, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar moliyasi, qo‘shma korxonalar moliyasi, qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatini tashkil etish, o‘zaro hisob-kitoblarni tashkil etish, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Imtixon bloki: Matematika, Ingliz tili
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 9 129 930 so'm / yillik
- Sirtqi
- 10 461 682 so'm / yillik