Yo'nalish haqida
Neft kimyosi — kimyo fanining bir boʻlimi, neft va tabiiy gaz kom-ponentlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va kimyoviy oʻzgarishlarini, shuningdek, ularni qayta ishlash jarayonlarini oʻrganadi. Neft kimyosi sohasidagi ilk tadqiqotlar 19-asrning oxirgi choragida boshlangan boʻlib, bu vaqtga kelib dunyo miqyosida neft quduqdaridan yiliga 4—5 mln.t neft chiqarilgan. Neftni termik krekinglash paytida ajralib chiqadigan gazlardan sintez yoʻli bilan olingan izopropil spirt Neft kimyosining sanoat mikyosidagi birinchi mahsuloti edi. 1950—1960-yillarda toshkoʻmirga nisbatan neft-gaz xom ashyolaridan organik sintezda koʻproq foydalanish Neft kimyosining kimyoviy-ilmiy tadqiqotlardan mustaqil yoʻnalish sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi. Neft kimyosining bosh masalasi — neft va tabiiy gaz komponentlarini qayta ishlash jarayonlarini oʻrganish va samarali usullarini topishdan iborat.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik