Sport faoliyati: stol tennisi

Urganch davlat universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Xorazm viloyati

Yo'nalish haqida

Sport faoliyati: stol tennisi


Stol tennisi yoki Ping-pong – kichik koptok va raketkalar bilan stolda oʻynaladigan sport oʻyini. Sharqiy Osiyoda paydo boʻlgan. 20-asrning 20y.laridan koʻp mamlakatlarga tarqalgan. Dastlab „pingpong“ (fransuzcha: pingpong— koptokning raketka va stolga urilishida chiqadigan ovoz) deb atalgan. Stol tennisi uchun, odatda, stol oʻlchami 152,5x274,3 sm; balandligi. 76 sm; to'ri 183x 15,25 sm boʻladi. Yogʻoch raketkaning yuziga rezina plastina qoplanadi. Koptok oq plastikadan yasaladi, diametri 37,2—38,2 mm, ogʻirligi 2,4—2,53 g. Oʻyin maydonchasining oʻlchami 6—7 x 12–14 m. Rasmiy musobaqalar sport zallarida oʻtkaziladi: erkaklar va ayollar – jamoa boʻlib, yakka holda va juftlikda hamda aralash juftlikda musobaqalashadilar. Oʻyin 3 yoki 5 partiyadan oʻynaladi. Oʻyinchilardan biri 11 ochko toʻplasa, u gʻolib hisoblanadi. Agar hisob 10:10 boʻlib qolsa, unda oʻyinchilardan biri 2 ochko ortiq toʻplaguncha oʻyin davom ettiriladi .


Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon


Ta'lim tili: o'zbek


Kunduzgi ta'lim: 6 412 610 so'm

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
6 412 610 so'm / yillik
;