Yo'nalish haqida
Sug‘urta ishi
Sug’urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog’liqdir. «Sug’urta ishi» yo’nalishining asosiy maqsadi oliy o’quv yurtlari talabalarining O’zbekistonda bozor infratuzilmasi qaror topayotganda sug’urta bozori, uning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, sug’urtaning tasniflash tushunchalari, davlat va sug’urta kompaniyalarining o’zaro munosabatlarini o’rgangan mutaxassislarni tayyorlash. Sug’urta ishi korxona va tashkilotlar mulki, inson hayoti, sog’ligi va javobgarligiga raxna solishi mumkin bulgan xavf-xatar va baxtsiz hodisalardan himoya qilishni o’rgatadi. Sug’urta ishi yo’nalshining fanlarining maqsadi ishlab chiqarish jarayonining muxim sharti hisoblanmish uning uzluksizligi va to’xtovsizligini ta`minlash maqsadida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar, xavf-xatarlar va baxtsiz hodisalardan himoyalanishni va ularni imkon qadar boshqarishni o’rgatishdan iborat.
Imtixon bloki: Matematika, Chet tili
Ta'lim tili: O'zbek tili, Rus tili.
Kunduzgi ta’lim: 15 344 490 so‘m.
Sirtqi ta'lim: 15 344 490 so'm.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 15 344 490 so'm / yillik
- Sirtqi
- 15 344 490 so'm / yillik