Suv bioresurslari va akvakultura
Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Samarqand viloyati
Yo'nalish haqida
Suv resurslari – foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari – daryo, koʻl, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida.
Akvakultura — suv havzalaridan unumli foydalanish maqsadida suvda yashaydigan organizmlar (baliqlar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, suv oʻtlari)ni na-zorat qilib turiladigan sharoitda yetish-tirish va parvarish qilish. Akvakultura mahsuloti jahonda muntazam oʻsib boradi. Organizmlarni dengiz suvi yoki shoʻr suvlarda yetishtirish marikultura deb ataladi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 7 091 940 so'm / yillik