Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy bo‘linmalari;
- tijorat banklari va ularning hududiy bo‘linmalari;
- valyuta birjalari, xalqaro kompaniyalar va ularning hududiy bo‘linmalari;
- xalqaro valyuta va kredit operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;
- iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar xalqaro valyuta va kredit operatsiyalari samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;
- xalqaro valyuta-kredil munosabatlari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Bakalavriatning kasb ta’limi yo‘nalishlari bundan mustasno.
Kvalifikatsiya : Xalqaro moliyachi, iqtisodchi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 9 809 260 so'm / yillik