1. Main/
  2. News

📣 Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday?

13.09.2024
Article image

  “SUPER” kontraktga ham tegishlimi?


🎙 Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishga oid savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi.


❓ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoni bormi?


🏛 OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan.


📤kontrakt.edu.uz sayti orqali yuborgan arizangiz tasdiqlansa, 4 ga bo‘lib to‘lash imkoni va muddatlari haqida maʼlumot chiqadi. Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.


❗️Super-kontraktda o‘qiydigan talabalar ham kontraktni bo‘lib to‘lashlari mumkin. Lekin super-kontraktda o’qimoqchi bo’lganlar dastlab 50% to’lovni amalga oshirishlari kerak. Shundan keyingina ularni talabalikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqadi. 25% qoidasi faqat oddiy kontraktga taalluqli.

openEye

118

Topics

Mavzuga oid yangiliklar