1. Main/
  2. News

Nodavlat oliygohdan o'qishni ko'chira olmagan talaba o'qishdan chetlashtiriladimi?

16.09.2024
Article image

Yo'q bunday emas


🏛O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliygohlar va ularning filiallarida tahsil olayotgan talabalar boshqa oliy ta'lim muassasalariga o'qishlarini ko'chirishlari mumkin.


🎓Talaba o'qishni ko'chirish imtihonlarida qatnashib yetarli ball to'play olmasa (o'qishini ko'chira olmasa), u tahsilni o'zi o'qiyotgan oliygohda davom ettirish huquqiga ega.


❗️Hech bir davlat, nodavlat yoki xorijiy oliygohlarning rahbariyati tomonidan o'qishini ko'chira olmagan talabani ushbu sababga ko'ra o'qishdan chetlashtirishga vakolati yo'q.


☝️Agarda ichki tartib yoki nizom orqali "o'qishi ko'chirilmagan talabalar talabalar safidan chetlashtirilishi" haqida aytilgan vaji bilan ma'lumot berilsa (yoxud tahdid qilinsa), bu bevosita talabaning qonuniy huquqlari buzilgan hisoblanadi va bu holatda Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish mumkin.

openEye

58

Topics

Mavzuga oid yangiliklar