1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

08.05.2024
Article image

Urganch davlat universitetining 1935 yil Urganch shahrida Xorazm o‘qituvchilar tayyorlash instituti nomi bilan ochilgan. Urganch davlat universiteti O‘R Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-356 sonli farmoniga muvofiq, oldingi Xorazm davlat pedagogika instituti negizida tashkil qilingan.


2023-2024 o'quv yili qabulida KIRISH BALLARI qanday bo'lgan?


Yuqori ko'rsatgich "Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)" yo'nalishida bo'lgan:


Umumiy kvotalar soni - 20 ta o'rin ajratilgan.

Davlat granti uchun - 5 ta.

Shartnoma (kontrakt) asosida - 15 ta.


- Davlat granti asosida kirsh uchun - 179.3 ball,

- Shartnoma asosida kirish uchun - 160.3 ball bo'lgan.


Past o'tish bali "Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi" yo'nalishida bo'lgan:

Umumiy kvotalar soni - 50 ta o'rin ajratilgan.

Davlat granti uchun - 15 ta.

Shartnoma (kontrakt) asosida - 35 ta.


- Davlat granti asosida kirsh uchun - 68.0 ball.

- Shartnoma asosida kirish uchun - 56.7 ball bo'lgan.


Urganch davlat universiteti xorijiy OTMlari bilan ta’lim va ilmiy sohada hamkorlik aloqalar geografiyasini kengaytirish maqsadida 30 ta mamlakatning nufuzli 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnoma imzolab, hamkorlik qilib kelmoqda.


- -> Urganch davlat universiteti fakultetlari, ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar


- -> Urganch davlat universiteti 2023/24 o'quv yılidagi kvotalar va kirish ballari

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar