Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Samarqand viloyati

Yo'nalish haqida

Agrokimyo, agronomik kimyo — tuproq va oʻsimliklardagi kimyoviy jarayonlar, oʻsimliklarning mineral oziqlanishi, oʻgʻitlar va tuproqni ki-myoviy melioratsiyalash vositalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi fan. A. qishloq xoʻjaligini kimyo-lashtirishning ilmiy asosini tashkil etadi. A. oʻsimlik, tuproq va oʻgʻitlar oʻrtasidagi munosabatni, dala sharoitida oʻsimliklar oziqlanishini oʻrganadi, oʻsimliklarning oziqlanishiga eng qulay sharoit yaratish, tuproq va oʻgʻitlar tarki-bidagi oziq moddalarning oʻzlashtirilish koef. oshirish maqsadida ushbu sharoitlarni oʻzgartirish yoʻllarini, shuning-dek, hosildorlikni oshirishning boshqa vositalari — pestitsidlar, oʻsish sti-mulyatorlarini koʻllash, tuproq unum-dorligini yaxshilash va hosildorligini oshirish maqsadida kimyoviy meliorasiya vositalarini qidirib topadi.Tuproqshunoslik — tuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. Tuproqshunoslik tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. Tuproqshunoslik iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bogʻliq.


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
;