Yo'nalish haqida
Filologiya — gumanitar fanlar — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya ni shu nuqtai nazar asosida inson turmushini, eng avvalo, maʼnaviy turmushini butun kengligi va teranligi bilan qamrab oladi. Filologiya yozuv madaniyati nisbatan yuksalgan davrda paydo boʻlgan.
Yaqin Sharqdagi qad. yuksak taraqqiy etgan madaniyatlar filologiyadan deyarli bexabar boʻlgan, oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada ham unga yetarlicha eʼtibor berilmagan; ayni paytda filologiya falsafaning vatani, qadimgi Hindiston va Yunonistonda soʻz va nutq ustida fikrlash, uni taxlil qilish tarzida, falsafa bilan uygʻunlikda paydo boʻlgan. Falsafadagi mavhumlikka intilish bilan filologiyaning aniqligi, konkretligi oʻrtasida keyinchalik roʻy bergan ixtiloflarga qaramay, falsafa va filologiyaning dastlabki yaxlitligi, bir butunligi tasodifiy boʻlmagan: filologiyaning yuksalish, oʻta rivojlanish davrlari koʻpincha gnoseologik tafakkurning buyuk davrlaridan soʻng roʻy bergan.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik