Amaliy san‘at: badiiy kulolchilik
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 20 Iyun - 20 Iyul 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Kulollik, Kulolchilik — hunarmandlikning loydan turli buyumlar tayyorlaydigan turi (terrakota, sopol idish, qurilish materiallari va boshqalar). Kulolchilikda asosiy xom ashyo — tuproq. Kelib chiqishi va tarkibi turlicha boʻlgan tuproqlardan turli xil kulollik buyumi yasash jarayoni.
Kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Loy qancha koʻp pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi boʻladi. Kulolchilikda asosiy qurol kulollik charxi, usta unda idishlar tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga koʻra, xumdonlar ham turlicha (katta-kichik) boʻlishi mumkin. Sirlanadigan idishlar sirlanganidan soʻng yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar maʼlum idishlar ishlab chiqarishga boʻyicha ixtisoslashgan boʻladilar (masalan kosagar, koʻzagar, koshinpaz, tandirchi va boshqalar).
Kunduzgi ta’lim shakli 13 985 830 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 13 985 830 so'm / yillik