Yo'nalish haqida
Arxeologiya — qadimshunoslik — qadimgi moddiy madaniyat yodgorliklariga asoslanib kishilik jamiyati oʻtmishini oʻrganuvchi fan. Mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-yarogʻlar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, mudofaa va irrigatsiya inshootlarining qoldiqlari hamda oʻtmishga oid turli topilmalar Arxeologiyaning bosh manbai boʻlib, ularni chuqur ilmiy oʻrganish asosida oʻtmishdagi kishilik jamiyatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarixining umumiy manzarasi tiklanadi. Shu sababli Arxeologiya tarix fanining bir tarmogʻi hisoblanadi. Arxeologiya fanining vazifasi ham kishilik jamiyatining ibtidoiy davr, antik va o‘rta asr davrlarining moddiy madaniyat yodgorliklari orqali qadim tariximizni tiklashdan iborat.
Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ta'lim tili: o'zbek
Ta'lim: 7 771 270 so'm
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Masofaviy - O'zbek tili
- 10 450 000 so'm / yillik