BA (Hons) Davlat va jamiyat boshqaruvi

OXUS UNIVERSITETI

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Oktabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

BA (Hons) Davlat va jamiyat boshqaruvi - Biz fanlararo ta'limni taklif qilish orqali global liderlar va mutaxassislarni tayyorlaymiz. Talabalar davlat siyosatining murakkab muammolarini tahlil qilish va hal qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Bunda beriladigan ta'lim huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatlarni o'z ichiga qamrab olgan holda, bitiruvchilarni xalqaro tashkilotlarda, davlat xizmatida, notijorat sektorlarida va konsalting firmalarida ishlashga tayyorlaydi. Tadqiqotlar huquqiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jihatlarni, bitiruvchilarni xalqaro tashkilotlarda, davlat xizmatida, notijorat sektorlarida va konsalting firmalarida ishlashga tayyorlashni qamrab oladi.

Bu yo’nalish bitiruvchilari xalqaro maydonda barqaror rivojlanish va hayotni yaxshilashga yordam beradigan siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qodir bo'lgan mutaxassislar bo’lib yetishadi.

Asosiy dasturlar:

- Huquqiy tadqiqotlar va tahlillar

- Korporativ boshqaruv va risklarni baholash

- Tadbirkorlik ob'ektlari va operatsiyalari

- Shartnomalar tuzish va muzokaralar olib borish

 Talabalar malakalari:

- Siyosatni baholash uchun tahliliy va tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish

- Samarali siyosiy strategiyalarni ishlab chiqish va shakllantirish ko'nikmalariga ega bo’lish

- Siyosatni samarali amalga oshirish va ularni baholash qobiliyati

- O'z pozitsiyasini himoya qilish uchun muloqot va bahslashish san'atini egallash

 Bitiruvchilar uchun kasb-martaba istiqbollari:

- Siyosiy strategiyalar sohasidagi ekspert tahlilchi

- Davlat hizmatidagi yuqori toifali amaldorlar

- Hukumat bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis

- Xalqaro taraqqiyot va hamkorlik bo'yicha ekspert


Universitetga qabul qilinish talabalari:

Kamida IELTS 4.5 / Multilevel B1/TOEFL iBT 32 /DuoLingo 80 / Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtihonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi.

Ingliz tili - 1 ball (30 ta test)

IQ – 2 ball (15 ta test)

Tarix – 1 ball (30 ta test)


O'qish davomiyligi :

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz tili
Kunduzgi
22 000 000 so'm / yillik
;