Mentalaba - <!-- -->BA (Hons) English Language and Teaching English as a Foreign Language (TEFL) | Mentalaba

BA (Hons) English Language and Teaching English as a Foreign Language (TEFL)

Coventry University by UDEA

Bakalavr

Qabul mudati: 2 Yanvar - 30 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Dastur haqida

UDEAdagi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) Ingliz tili va Ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish (TEFL) dasturi talabalarga ingliz tili, uning lingvistik xususiyatlari va madaniy kontekstni qamrab oluvchi keng ko’lamli bilimlarni taqdim etadi. Ushbu dasturimiz ingliz tilini o’rgatish sohasida professional bo’lishga intilayotganlar uchun noyob imkoniyatdir.

3 yillik TEFL dasturi talabalarga o’qishni to’g’ridan-to’g’ri 2-kursdan boshlash imkoniyatini beradi, bu esa Foundation (1-kursiga) kirmasdan, intensiv o’quv jarayoniga to’liq kirishni taklif qiladi. Talabalar ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish usullarini, jumladan, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, baholash va o‘quv materiallarini moslashtirishni o’rganadilar. Ular darsni rejalashtirish va o’tkazish ko’nikmalarini, shuningdek, o’quvchilarning baholashini va effektiv o’quv muhitini yaratishni o’rganadilar.


Talablar:

  • IELTS bali 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) yoki undan yuqori.
  • Koventri universiteti ingliz tili testi (CUET)*: ball 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) yoki undan yuqori.

 *CUET - bu abituriyentlar IELTS sertifikatiga ega bo'lmasa, UDEAdagi Koventri universiteti dasturlariga kirish huquqini olish uchun topshiradigan testdir.


Grantga ariza berish jarayoni:

3 ta grant mavjud (1 ta 100% lik, 2 ta 50% lik)

 - Hujjatlaringizni topshiring.

 - UDEAdagi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) TEFL dasturiga muvaffaqiyatli qabul qilining.


Grantga munosib boʻlish va taqdimot talablari:

Ushbu grantga munosib boʻlish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

IELTS bali 6.5 (yoki unga teng boshqa tan olingan ingliz tili bilim darajasini tasdiqlovchi test natijasi)ga ega boʻlish.

Quyidagi mavzulardan biri boʻyicha 12 daqiqalik taqdimot (5 daqiqa savol-javob) qilish:

Batafsil ma’lumot va 1-12 mavzular roʻyxati

 

Taqdimotning maqsadi:

Tadqiqot, tanqidiy fikrlash va kommunikatsiya koʻnikmalarini baholash.

Aniq, professional ingliz tilida taqdimot qilish.

Koʻrgazmali vositalardan samarali foydalanish.

 

Baholash mezonlari:

Mazmun sifati: Tanlangan mavzuning chuqurligi, mantiqiyligi va dalillardan foydalanish.

Taqdimot koʻnikmalari: Aniqlik, ishtirok etish va vaqtni boshqarish.

Til bilish darajasi: Grammatika, ravonlik va talaffuz.

Savol-javob: Javoblarning aniqligi va ishonchliligi.

Taqdimot sanasi: 2025 yil 24–25 iyun (sanalar oʻzgarishi mumkin).


Davomiyligi: 3 yil

Talim shakli: Kunduzgi

Til: Ingliz

Kontrakt: 34 500 000 UZS (1 o‘quv yili uchun)

Xorijiy fuqarolar uchun kontrakt toʻlovi: 6 000 USD (1 oʻquv yili uchun)




Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi
34 500 000 so'm / yillik
;