BA Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik Yaponshunoslik
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
BA Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponshunoslik) - bu Yaponiya iqtisodiyoti, tili, madaniyati, tarixi va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini fanlararo kesimda intellektual sayohat qilish orqali o'rganishdir. Mazkur yo’nalish talabalarning yapon qadriyatlari, an'analari hamda ularning global ko’lamdagi ahamiyatini tushunishga oid bilimlarini boyitish imkonini beradi. Talabalar yapon tili va adabiyoti, san’ati va madaniyatiga oid boy merosni o‘rganishadi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi o‘zgarishlarni tahlil qilishadi. Yo'nalish bitiruvchilari Yaponiya bilan bog'liq turli sohalarda madaniyatlararo aloqalarda va kasbiy faoliyatga oid zaruriy bo'lgan asosiy ko'nikmalarni rivojlantiradilar.
Asosiy fanlar:
- Yapon tilini bilish
- Iqtisodiyot, madaniyat va madaniy o’ziga xoslikni tushunish
- Tarixiy va zamonaviy jarayonlarni baholay olish
- fanlararo tahlil va tadqiqot olib borish ko‘nikmalari
Bitiruvchilarning asosiy ko’nikmalari:
- Yapon tilini yuqori darajada bilish
- iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tarixiy o’ziga xosliklarni chuqur tushunish
- Yaponiyadagi ijtimoiy va zamonaviy iqtisodiy muammolardan xabardorlik
- madaniyatlararo muloqot
Bitiruvchilarning kelajakdagi martaba istiqbollari:
- Iqtisodchi
- Yapon tili mutaxassisi
- Madaniy aloqalar va xalqaro loyihalarni muvofiqlashtirish bo’yicha mutaxassis
- Xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasidagi mutaxassis
- Turizm va mehmondo'stlik sohasi mutaxassisi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kechki
- 14 900 000 so'm / yillik
