Bank ishi va auditi
"Profi University" xususiy universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 30 Avgust 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Bank ishi va auditi
Ushbu yo’nalish sizga moliyaviy mutaxassis sifatida kerak bo’ladigan asosiy bilimlarni beradi.Moliya va iqtisodiyot sohasidagi ko'pgina ish joylarida moliyaviy bilim bu sizning yuqori haq to’lanadigan ish o’rniga nomzod sifatida ko'rib chiqilishingiz uchun zarur bo'lgan minimal ko'rsatkichdir. Moliya bo'yicha asosiy bilimlardan tashqari, siz kelajakdagi ish beruvchilar talablariga to'liq javob beradigan yetakchilik, menejment va muloqot qobiliyatlarini ham egallaysiz. Moliya va moliyaviy texnologiyalar “Biznes, boshqaruv va huquq” bilim sohasining “Biznes va boshqaruv” taʼlim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u davlat moliyasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi, uy xo‘jaligi moliyasi, davlat byudjeti, byudjetdan moliyalashtirish, moliya bozoridagi operatsiyalarni yuritish, moliyaviy risklarni boshqarish, aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, xolding kompaniyalar moliyasi, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar moliyasi, qo‘shma korxonalar moliyasi, qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatini tashkil etish, o‘zaro hisob-kitoblarni tashkil etish, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Imtixon bloki: Matematika, Ingliz tili
Ta'lim tili: O'zbek tili, Rus tili.
Kunduzgi ta’lim shakli: 24 100 000 so‘m.
Kunduzgi ta’lim shakli davomiyligi: 4 yil.
Sirtqi ta'lim shakli: 15 100 000 so'm
Sirtqi ta'lim shakli davomiyligi: 5 yil
Kechki ta’lim shakli: 17 100 000 so‘m.
Kechki ta’lim shakli davomiyligi: 4 yil.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 24 100 000 so'm / yillik
- Sirtqi
- 15 100 000 so'm / yillik
- Kechki
- 17 100 000 so'm / yillik