Bastakorlik san‘ati

O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Bastakorlik - Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida anʼanaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy anʼana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi. Quyidagi ijod shoxobchalarini oʻz ichiga oladi: 1) xalq orasida tanilgan muayyan kuy yoki ashula yoʻlining oʻzgacha mustaqil koʻrinishi (qayta ohangga va usulga solib, mualliflashtirilgan namunasi)ni yaratish. Mas, Rost maqomining "Ushshoq" shoʻʼbalari asosida yaratilgan "Ushshoqi Hoji" yoki "Samarqand Ushshogʻi I—II" (Hoji Abdulaziz Abdurasulov), "Toshkent Ushshogʻi I — I" (Mulla Toʻychi Toshmuhamedov), "Ushshoqi Sodirxon" (Sodirxon Bobosharifov) kabi asarlar; 2) maʼlum cholgʻu kuylarning — ashula, ashula yoʻllarining — cholgʻu variantlarini yaratish (I. Ikromov ashulalashtirgan "Munojot", "Choʻli Iroq" singari); 3) bir necha kuy, qoʻshiq yoki ashulalarni umumlashtirib bir asar yaratish (H. A Abdurasulovning "Bozurgoniy", "Bebokcha" asarlari kabi); 4) mustaqil asarlar (oʻtmishda asosan kuy, qoʻshiq va ashula yoʻllari, hozirgi davrda boshqa janrlarda ham) ijod etish.


Kunduzgi ta’lim shakli  15 344 490  so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
15 344 490 so'm / yillik
;