Biologik faol moddalarning kimyoviy texnologiyasi
Magistr
Qabul mudati: 20 Iyun - 15 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Magistratura: Biologik faol moddalarning kimyoviy texnologiyasi (magistratura) — bu biologik faol moddalarning tarkibi, xossalari, olinishi va ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini chuqur o‘rganuvchi ilmiy va ilmiy-amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda dori vositalari, vitaminlar, fermentlar, biologik faol qo‘shimchalar va boshqa biofaol moddalarning kimyoviy sintezi, ajratib olish, tozalash, tahlil qilish hamda ularni ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion usullari o‘rganiladi.
Biologik faol moddalarning kimyoviy texnologiyasi magistraturasini bitirgan mutaxassislar quyidagi sohalarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Yetakchi kimyoviy texnolog – biologik faol moddalarni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
- Ilmiy xodim – ilmiy-tadqiqot institutlarida biofaol moddalar va ularning texnologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.
- Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi – tegishli fanlardan dars berish va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish.
- Laboratoriya rahbari yoki yetakchi mutaxassis – biologik faol moddalarning sifatini tahlil qilish va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.
- Farmatsevtika va biotexnologiya sanoati mutaxassisi – dori vositalari va biofaol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi korxonalarda faoliyat yuritish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim tili: Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Rus
- Kunduzgi - Rus tili
- 25 000 000 so'm / yillik
