Mentalaba - <!-- -->Biologiya | Mentalaba

Biologiya

EMU universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Aprel - 16 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Biologiya (turlari bo‘yicha) – bu Biologiya fanining o‘ziga yo‘naltirilgan va uning barcha spektrlarini qamrab oladigan ta’lim sohasidir. Predmet sifatida Biologiya juda keng va turli tarmoqlarga ega.

Biologiya fakultetida bizning o‘quv dasturimiz bir nechta jihatlarni – botanika, zoologiya, virusologiya, immunologiya, o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi, genetika va biotexnologiyani o‘z ichiga oladi. Biologiya sohasi barcha tirik mavjudotlarni qamrab oladi va shunisi bilan odamlarni uni chuqurroq o‘rganishga jalb qiladi, chunki dunyo hali o‘rganilmagan organizmlar va ularning o‘zaro ta’sirlashuvlariga boy.

Biologiya doim dolzarb bo‘lib qoladigan eng muhim fanlardan biri hisoblanadi. Va hozirgi vaqtda ushbu yo‘nalishdagi malakali kadrlar va o‘qituvchilarga bo‘lgan talab juda yuqori.

Shu munosabat bilan bizning universitetimiz maxsus professional kadrlarni o‘qitish va tayyorlash uchun yangi dastur taklif etadi.

Biologiya fakultetida malakali o‘qituvchilar tomonidan tabiiy jamoalarning tuzilishi va tirik hamda shunga o‘xshash tabiiy hodisalarning kelib chiqishi bo‘yicha amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

O‘quv dasturini tugatgandan so‘ng, bitiruvchilarimiz ilmiy-tadqiqot institutlari, tibbiyot muassasalarining bakteriologik, virusologik va immunologik diagnostika laboratoriyalari, hayvonot bog‘lari va qo‘riqxonalar, tabiatni muhofaza qilish muassasalari, farmatsevtika kompaniyalari, biotexnologik va genetik-muhandislik laboratoriyalari, qishloq xo‘jaligi majmualari va boshqa ko‘plab sohalarda ishlashlari mumkin.

Biologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat dasturi EMU Universityda 4 yil davom etadi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi
11 900 000 so'm / yillik
;