Biznes tahlili va o‘zgarishlarni boshqarish
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Biznes tahlili va o‘zgarishlarni boshqarish yo‘nalishida talabalar biznes jarayonlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni yechish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni o‘rganadilar. Talabalarga kompaniya ichidagi jarayonlarni optimallashtirish, samaradorlikni oshirish va strategik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari beriladi. Shuningdek, o‘zgarishlarni boshqarish uslublari, loyiha boshqaruvi (Project Management) va risklarni baholash bo‘yicha bilimlar ham o‘rgatiladi. Talabalar mijozlar talablari bilan ishlash, biznes hujjatlari va tahliliy hisobotlar tayyorlashni ham o‘zlashtiradilar. Bu yo‘nalish bitiruvchilari biznes-analitik, loyiha menejeri yoki jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlashlari mumkin.
Imtihon bloki: Matematika, Ingliz tili
Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Ingliz
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 36 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 36 000 000 so'm / yillik
