Yo'nalish haqida
Biznes boshqaruvi (sektorlar bo‘yicha) – bu iqtisodiyotning turli sohalarida boshqaruvning turli jihatlari bilan shug‘ullanadigan ta’lim sohasidir. Ta’lim dasturi biznesning turli tarmoqlari va sektorlaridagi strategik boshqaruv, marketing, moliya, operatsiyalar, resurslar va xodimlar boshqaruvi kabi yo‘nalishlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Biznes boshqaruvi (sektorlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalarni strategik fikrlash, shaxslararo munosabatlarva muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali turli sohalardagi biznesni samarali boshqarishga tayyorlaydi.
Ushbu sohaga oid professional imkoniyatlar:
– Biznes-tahlilchi
– Marketing bo‘yicha menejer
– Moliyaviy tahlilchi
– HR-menejer
– Strategik rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis
Biznes boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislarga chakana savdo va moliyadan tortib, to axborot texnologiyalari va sog‘liqni saqlashgacha bo‘lgan turli sohalarda katta talab mavjud.
Agar siz ushbu yo‘nalishga qiziqsangiz, biz sizga EMU Universityning Biznes boshqaruvi (sektorlar bo‘yicha)fakultetida o‘qishni taklif qilamiz.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 15 000 000 so'm / yillik
