BSc Kompyuter ilmlari

OXUS UNIVERSITETI

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Oktabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

BSc Kompyuter ilmlari - Aql-idrokni kengaytirish, kashfiyotni rag'batlantirish: shu yerda fan va texnologiya birlashadi. Biz talabalarga ilm-fan, muhandislik, texnologiya va kompyuter fanlari bo'yicha chuqur ta'lim beramiz, global muammolarni hal qilish uchun ilg'or tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaymiz. Talabalarimiz laboratoriya va nazariy tadqiqotlarda faol ishtirok etib, ilmiy tamoyillarni hayotdagi loyihalarga tatbiq etadilar. Bitiruvchilar xalqaro ilmiy tadqiqotlar, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, muhandislik, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha yetakchilarga aylanishadi. Ularga talab yetakchi xalqaro kompaniyalar va tadqiqot muassasalarida ham bor bo’lib, ular o’sha joylarda ishlab ilm-fan va texnologiya olamida kelajakni shakllantiradigan global hamjamiyatning bir qismiga aylanishadi. Bizning o'quv dasturlarimiz informatika fanlaridan mustaxkam poydevor yaratib, professional kasb olamida muammolarni hal qilish va global miqyosda innovatsiyalar yaratish uchun zarur bo'lgan amaliy ko'nikmalarni ta'minlaydi. Fakultet professor-o‘qituvchilari taniqli akademiklar va soha mutaxassislaridan iborat bo’lib, ular yaratayotgan muhit bu professional ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi hamda axborot texnologiyalari kelajagini global miqyosda shakllantiradigan bo‘lg’usi liderlar va innovatorlarni tayyorlaydigan hamkorlik va qo‘llab-quvvatlovchi muhitdir.

 Asosiy dasturlar:

- Dasturlash

- Algoritmik fikrlash va masalalarga yechim topish

- Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va tahlil qilish

- Dasturiy ta'minot muhandisligi va ishlab chiqish

 Bitiruvchilarning erishadigan bilim va malakalariga quyidagilar kiradi:

- Mutaxassis dasturlash qobiliyatlari

- Ilg'or algoritmik fikrlash salohiyati

- SLM - Dasturiy ta'minotlarnining hayot aylanishini boshqarish

- Ma'lumotlar tuzilmalari va bazasini boshqarish bo'yicha chuqur bilim

 Bitiruvchilar uchun kasb-martaba istiqbollari:

- Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi

- Ma'lumotlar tahlilchisi / ma'lumotlar ilm-fani mutaxasisi

- Kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis

- Tizim administratori


Universitetga qabul qilinish talabalari:

Kamida IELTS 4.5 / Multilevel B1/TOEFL iBT 32 /DuoLingo 80 

Ingliz tili - 1 ball (30 ta test)

IQ – 2 ball (15 ta test)

Matematika – 1,5 ball (20 ta test)


O'qish davomiyligi :

Kunduzgi shakli uchun : 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz tili
Kunduzgi
21 000 000 so'm / yillik
;