BSc Raqamli marketing va menejment
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
BSc Raqamli marketing va menejment - Raqamli marketing va menejment yo’nalishi talabalarni marketing tamoyillari va raqamli strategiyalar bo'yicha keng qamrovli bilimlar bilan ta'minlaydi. Dastur raqamli marketingning asosiy tushunchalari va nazariyalarini, jumladan iste'molchilarning xatti-harakatlari va bozor tadqiqotlarini o'z ichiga oladi. Talabalarimiz raqamli marketing texnologiyalari va strategiyalarini real senariylarda qo‘llashni, marketing kampaniyalarni ishlab chiqish va boshqarishni hamda ularning samaradorligini tahlil qilishni o‘rganadilar. Ijtimoiy media marketingi, elektron pochta marketingi, veb-sayt dizayni va tahlillarni o'z ichiga olgan holda, bu jo’nalish an'anaviy va raqamli marketingda mustahkam poydevor yaratadi, bitiruvchilarni zamonaviy biznes muhitida muvaffaqiyatli martaba uchun tayyorlaydi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kechki
- 14 900 000 so'm / yillik
