Mentalaba - <!-- -->Buxgalteriya | Mentalaba

Buxgalteriya

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi talabalarga moliyaviy hisobotlarni tuzish, buxgalteriya tizimlarini boshqarish va korxona faoliyatining moliyaviy tahlilini amalga oshirish uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi. Ushbu yo‘nalishda talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, soliqqa tortish va audit kabi fanlar o‘rgatiladi.

Dastur davomida talabalar buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaliyotlarda qatnashish orqali nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Talabalar moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish, buxgalteriya dasturlarini qo‘llash va hisob-kitoblarni amalga oshirish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

Buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi talabalarga moliya va hisob-kitoblar sohasida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun zarur bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalarni beradi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarning kelajakda moliyaviy menejment, audit va soliq maslahati kabi sohalarda yetakchi mutaxassis bo‘lishiga zamin yaratadi.

Kasbiy faoliyatlarining obyektlari

  • davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;
  • iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalar, vakolokxonalar, filiallar va boshqa tarkibiy bo‘limlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritish jarayonlari majmuasi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, vazirliklar, davlatning maqsadli jamg‘armalari, agentliklar va idoralar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari va boshqalar;

ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi
17 000 000 so'm / yillik
Kechki
14 900 000 so'm / yillik
;