Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
Ushbu yo’nalish sizni ham buxgalteriya hisobi ham audit sohasida karyeraga tayyorlaydi. Buxgalteriya hisobi bo'yicha bilim sizga har qanday sohada ishlash va muvaffaqiyatli o'sish uchun asosiy bilimlarni beradi - yirik kompaniyalarning ko'plab rahbarlari o'z mutaxassisliklariga ko’ra buxgalterlar yoki auditorlardir. - Ushbu dastur shuningdek sizni butun karyerangiz davomida murakkab va tez-tez uchraydigan muammolarni hal qilishingiz uchun zarur bo'lgan moliyaviy va boshqaruv buxgalteriya malakalari bilan ta’minlaydi va ish beruvchilar tomonidan yuqori baholanadi.
Buxgalteriya yo‘nalishini bitirgach quyidagi joylarda ishlash mumkin:
🏢 Korxona va tashkilotlarda buxgalter
🏦 Bank va moliya tashkilotlarida hisobchi
📊 Auditorlik va konsalting firmalarida mutaxassis
🏛 Davlat soliq va moliya organlarida
🧾 Xususiy bizneslarda bosh buxgalter yoki moliyachi
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi organlarida ishlash mumkin.
Imtixon bloki: Matematika, Ingliz tili
Kechki ta’lim shakli davomiyligi: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kechki - O'zbek tili
- 15 000 000 so'm / yillik
- Kechki - Rus tili
- 15 000 000 so'm / yillik
