Dasturiy injiniring
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Aprel - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Dasturiy injiniring ta'lim yo'nalishi bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan o'tgan taqdirda maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarida, professional ta'lim muassasalarida ta'limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o'qitish bo'yicha pedagogik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladi.
Kasbiy faoliyatlarining obyektlari
- avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti;
- avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
- axborotni qayta ishlash, mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy ta'minoti;
- dasturiy mahsulotlar va hisoblash texnikasini apparat vositalarini ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlari;
- axborot-kommunikatsiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari;
- Davlat interaktiv xizmatlari elektron hukumat tizimlarida elektron hujjat aylanishi va ma'lumotlar bazalarida axborot almashinuvini shakllantirish.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Ingliz tili
- Kunduzgi
- 17 000 000 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 000 000 so'm / yillik