Yo'nalish haqida
Davolash ishi fakultetining asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda zamonaviy tibbiyot talablarga javob bera oladigan yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashdir.
Bizning Universitetimizda faoliyat yurituvchi kuchli ilmiy salohiyat va boy tajribaga ega bo‘lgan yetakchi o‘qituvchilar bergan bilim talabalarimizga dunyodagi eng nufuzli universitet talabalari bilan bilim, malaka va ko‘nikma borasida raqobatlashishga imkoniyat beradi. Talabalarimizning zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari va laboratoriyalarda tahsil olishlari, shuningdek, yetakchi xususiy klinikalar, davlat shifoxonalari va tibbiyot markazlarida amaliyot o‘tashlari ularga zamon bilan hamnafas bo‘lgan, bugungi va kelajak tibbiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishlariga zamin yaratadi.
Terapevtik, jarrohlik va ginekologik, laboratoriya va diagnostika yo‘nalishlarining chuqur o‘rganilishi talabalarimizning o‘z individual traektoriyalarini shakllantirishiga va kelajakda o‘zlarini qiziqtirgan sohani tanlashlariga imkon beradi.
Davolash ishi fakultetini tamomlagandan so‘ng, talabalarimiz o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha yetakchi xususiy klinikalarda, birlamchi tibbiyot muassasalarida, davlat tibbiyot muassasalarida ishlashlari yoki tanlagan tor mutaxassislik bo‘yicha keyingi bosqichlarda o‘qishni davom ettirishlari mumkin.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 54 900 000 so'm / yillik