Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Buxoro innovatsiyalar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Oktabr 2024

Buxoro viloyati

Yo'nalish haqida

Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)


Defektologiya - jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanishining psixofizik xususiyatlarini oʻrganish, ularga maxsus taʼlim-tarbiya berish, undagi nuqsonlarni yoʻqota borish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Koʻr va koʻzi ojiz, kar va qulogʻi ogʻir, aqli zaif, tayanch-harakat appa-ratida nuqsoni bor, nutq kamchiligiga ega boʻlgan bolalar fani obʼyek-tidir. Shunga koʻra alohida sohaga boʻlinadi: surdopedagogika kar va qulogʻi ogʻir bolalarni oʻqitish, tarbiyalash usullarini oʻrganadi, tiflopedagogika koʻr va koʻzi ojiz bolalarni oʻqitish va tarbiyalash masalalarini tadqiq etadi, oligofrenopedagogika akli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash qonuniyatlarini ishlab chiqadi, logopediya nutq kamchiliklari boʻlgan bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti bilan shugʻullanadi.


O'qish davomiyligi :

Kunduzgi shakli uchun : 4 yil

Kechki shakli uchun : 4.5 yil

Sirtqi shakli uchun : 5 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
15 000 000 so'm / yillik
Sirtqi
10 000 000 so'm / yillik
;