Dinshunoslik
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Bakalavr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Dinshunoslik - dinlar tarixi, ular bilan bog'liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Har bir inson yon-atrofidagilarning e’tiqodi, qaysi dinga mansubligiga qiziqadi, ular haqida bilishni istaydi. Bu boradagi ilk ma’lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin.
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Sirtqi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Sirtqi ta’lim davomiyligi – 5 yil .
Kechki ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kechki ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 7 400 000 so'm / yillik
- Kechki
- 7 400 000 so'm / yillik
