Dizayn: interyerni loyihalash
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Aprel - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
nteryer dizayni yo‘nalishi – talabalarni turli obyektlar dizayni sohasida: turar-joy, savdo va jamoat joylari uchun funksional, estetik jihatdan jozibali va qulay interyerlarni yaratish bo‘yicha professional faoliyatga tayyorlaydigan ta’lim dasturidir. Bu soha turli bilim va ko‘nikmalarni, jumladan, texnik, badiiy, amaliy va dizayn ko‘nikmalarini qamrab oladi.
Dizayn dasturi odatda quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi:
Dizayn asoslari – kompozitsiya, rang, shakl, tekstura, yorug‘lik va mutanosiblik kabi dizayn tamoyillarini o‘rganish va ularni interyerda qo‘llash.
Texnik jihatlar – qurilish konstruksiyalari, materiallar, mebellar, yoritgichlar va boshqa interyer elementlari haqida bilim olish, shuningdek, loyiha va chizmalar yaratish uchun professional dasturlardan foydalanish.
Turar-joy interyer dizayni – kvartira, uy, dala hovli kabi shaxsiy joylarni loyihalash va bezatish usullarini o‘rganish.
Savdo va jamoat binolarining interyeri – ofislar, restoranlar, do‘konlar, mehmonxonalar, barlar, kafelar, spa-salonlar, ko‘rgazma pavilyonlari va boshqa savdo va jamoat obyektlari dizaynini ishlab chiqish.
Mebel dizayni – mebel kompozitsiyalari, interyerni uyg‘un tarzda to‘ldiruvchi dekorativ elementlar va aksessuarlar yaratish.
Amaliyot va malaka oshirish – talabalar uchun dizayn studiyalari, arxitektura byurolari, mebel fabrikalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari, shuningdek, dizayn sohasida loyiha taqdimotlari va biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish.
EMU Universityda Interyer dizayni yo‘nalishi talabalariga o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari yaratiladi: dizayn studiyalari, reklama agentliklari, media-kompaniyalar va boshqa tashkilotlarda amaliyot o‘tash mumkin.
Interyer dizayni ta’lim yo‘nalishi EMU Universityda 4 yil davom etadi. Dasturni tugatgandan so‘ng, talabalar Interyer dizayni sohasida davlat namunasi bo‘yicha bakalavriat diplomi bilan taqdirlanadilar.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi
- 15 000 000 so'm / yillik
