Dizayn: libos va gazlamalar
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Liboslar dizayni yo‘nalishi talabalarni kiyim-kechak yaratish, dizayn qilish va moda sanoatida ishlash bo‘yicha tayyorlaydi. Talabalar kiyim materiallari va ularning xususiyatlarini, ranglar, shakl va kompozitsiya nazariyasini, moda tendensiyalari va stil yaratish asoslarini o‘rganadilar. Shuningdek, ular kiyim chizmalari va eskizlar tayyorlash, matolarni tanlash, tikish texnologiyalari va zamonaviy tekstil uskunalarini qo‘llash bo‘yicha bilim oladilar.
Talabalar laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy loyihalar orqali kiyim dizayni, modellashtirish, prototip tayyorlash va tayyor kiyimlarni ishlab chiqarish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Imtihon bloki: Kasbiy ijodiy imtihon
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
