Mentalaba - <!-- -->Dizayn: (turlari bo‘yicha) | Mentalaba

Dizayn: (turlari bo‘yicha)

Renessans Ta'lim Universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Dizayn: (turlari bo'yicha) Dizayner - eng zamonaviy kasblardan biri bo‘lib, u tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarning buyurtmalariga ko‘ra, kompyuter yordamida badiiy bezash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu yo’nalishda matbuot nashrlarini, reklama mahsulot (qadoqlar, etiketka, buklet, vizitka, tovar belgilari va shunga o‘xshash)larini, WEB-sahifalarni badiiy va texnik bezash loyihalarini ishlab chiqishni o’rganasiz. Eskizlar va loyihalarni bevosita tashkilot rahbari yoki mijoz bilan kelishilgandan so‘ng oxirgi grafik maketlarni tayyorlashga, professional fotograflar kabi suratga olishni, professional tasvirlarni yaratish, binolar va boshqa turli maqsadlarga mo‘ljallangan inshootlar, interyerlar va ularni jihozlari, bino va inshoatlar xududining va tashqi ko‘rinishining dizayn loyihalarini yaratishni o’rganasiz. Yo’nalishimiz arxitektura, dizayn va amaliy san'at sohasida ilg'or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni - keng profilli arxitektor-dizaynerlarni tayyorlashga qaratilgan.


Qayerlarda ishlash mumkin:

  1. Reklama agentliklari – logotiplar, reklama bannerlari, broshyuralar, paket dizaynlari yaratish.
  2. Web-studiyalar – veb-sahifalar, mobil ilovalar dizayni, UX/UI dizayn.
  3. Muzeylar, teatr va madaniyat markazlari – eksponatlarni va ko‘rgazmalarni dizaynlash.
  4. Arxitektura va interyer studiyalari – binolar, uylari, ofislar va interyerlarni dizayni.
  5. Fotostudiyalar va media kompaniyalar – professional tasvirlar va fotosuratlar yaratish.
  6. Mustaqil freelancer – individual buyurtmalar bo‘yicha grafik va digital dizayn ishlari.
  7. Oliy ta’lim muassasalari va maktablar – dizayn bo‘yicha o‘qituvchi yoki mentor sifatida.

Oddiy qilib aytganda: reklama, web, arxitektura, interyer, foto va media loyihalarda ishlashingiz mumkin.


Imtihon bloki: Kasbiy ijodiy imtihon


Ta'lim muddati davomiyligi:

Kunduzgi ta'lim 4 yil

Kechki ta'lim 4,5 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
17 000 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
17 000 000 so'm / yillik
Kechki - O'zbek tili
15 000 000 so'm / yillik
Kechki - Rus tili
15 000 000 so'm / yillik
;