Mentalaba - <!-- -->Dizayn (turlari bo‘yicha) | Mentalaba

Dizayn (turlari bo‘yicha)

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Magistr

Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Dizayn (turlari bo‘yicha)


Dizayner - eng zamonaviy kasblardan biri bo‘lib, u tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarning buyurtmalariga ko‘ra, kompyuter yordamida badiiy bezash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu yo’nalishda matbuot nashrlarini, reklama mahsulot (qadoqlar, etiketka, buklet, vizitka, tovar belgilari va shunga o‘xshash)larini, WEB-sahifalarni badiiy va texnik bezash loyihalarini ishlab chiqishni o’rganasiz. Eskizlar va loyihalarni bevosita tashkilot rahbari yoki mijoz bilan kelishilgandan so‘ng oxirgi grafik maketlarni tayyorlashga, professional fotograflar kabi suratga olishni, professional tasvirlarni yaratish, binolar va boshqa turli maqsadlarga mo‘ljallangan inshootlar, interyerlar va ularni jihozlari, bino va inshoatlar xududining va tashqi ko‘rinishining dizayn loyihalarini yaratishni o’rganasiz. Yo’nalishimiz arxitektura, dizayn va amaliy san'at sohasida ilg'or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yuqori malakali mutaxassislarni - keng profilli arxitektor-dizaynerlarni tayyorlashga qaratilgan.




Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
10 500 000 so'm / yillik
;