Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari: mashinasozlik

Toshkent davlat texnika universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Mashinasozlik sanoati -xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq xoʻjaligining hamma sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar bilan taʼminlashdir. Bu soha oʻz navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mashinasozlik sanoatiga energetika mashinasozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va as-bobsozlik, traktorsozlik va q. h. mashinasozligi kabi yirik tarmoqlar kiradi.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
6 412 610 so'm / yillik
Sirtqi
7 472 630 so'm / yillik
;