Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
Qo‘qon universiteti Andijon filiali
Bakalavr
Qabul mudati: 1 May - 31 Avgust 2026
Andijon viloyati
Yo'nalish haqida
Farmatsiya (turlari bo‘yicha) — bu sog‘liqni saqlash sohasida dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish, saqlash va aholiga yetkazib berish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan ta’lim yo‘nalishidir. Ushbu soha talabalarini farmatsevtik kimyo, farmakologiya, dori texnologiyasi, farmatsevtik tahlil, shuningdek, tibbiy etikaga rioya qilishga tayyorlaydi.
Dastur farmatsevtika amaliyotining barcha asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, dori vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, sifat nazorati, saqlash, realizatsiya qilish hamda farmatsevtika tizimini boshqarishni o‘rganishni maqsad qiladi.
Farmatsiya bakalavriat dasturini tamomlagan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:
- Farmatsevt — dori vositalarini tayyorlash, saqlash va aholiga berish.
- Provizor — dorixonada dori vositalari bilan ishlash va farmatsevtik maslahat berish.
- Farmatsevt-texnolog — dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish.
- Farmatsevt-analitik — dori vositalarining sifatini laboratoriyada tahlil qilish.
- Klinik farmatsevt — dori vositalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tibbiy muassasalarda maslahat berish.
- Farmatsevtika kompaniyasi vakili — dori vositalarini targ‘ib qilish va mutaxassislar bilan ishlash.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kimyo, Biologiya
Ta’lim tili: O‘zbek tili, Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta'lim muddati: 5 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 27 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 27 000 000 so'm / yillik
